Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy 2017 yilda neft importi bo‘yicha AQShdan o‘zib ketishi mumkin
Foto: iStockphoto
Rossiya iqtisodiy rivojlanish vazirligining 2017-2019 yillarga bergan prognoziga ko‘ra, Xitoy 2017 yilda neft importi bo‘yicha AQShdan o‘zib ketishi mumkin. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
Xitoyda joriy yilning yanvaridan sentabrigacha neft importi o‘tgan yildagi ko‘rsatkichdan 14 foizga ortgan. Bundan Xitoy bosh bojxona boshqarmasi ma'lumotlari guvohlik bermoqda. Bojxona ma'lumotlariga ko‘ra, yil boshidan beri Xitoy 283,51 mln tonna neft import qilgan, 2015 yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 248,62 mln tonnani tashkil qilgan.
Xitoy sentabrda 33,06 mln tonn neft import qilgan. Ta'kidlanishicha, Rossiya, Angola, Iroq sentabrda Xitoyga neft yetkazib beruvchi uchta yetakchi davlat bo‘ldi.
Mavzuga oid
22:13 / 08.02.2026
AQSh Yaqin Sharqqa harbiy yuklar tashish sur’atini oshirmoqda
13:30 / 07.02.2026
AQSh elchisi Polsha Seymi spikeri bilan aloqalarni uzmoqda
11:19 / 07.02.2026
Tramp: Eron bilan muzokaralar yaxshi ketyapti, unga kelishuv qiziq
09:31 / 07.02.2026