Tadqiqot natijalariga köra, AQŞ foydalanuvçilari qaroqçi resurslarga qariyb 26,68 milliard marta taşrif buyurgan. Bu dunyo böyiça qayd etilgan umumiy "pirat" trafikning taxminan 12,33 foiziga teng.
Reytingda ikkinçi örinni Hindiston egalladi. Mamlakat hissasiga 17,56 milliard taşrif töğri kelgan. Keyingi örinlarda Rossiya (15,4 milliard), Indoneziya va Vetnam qayd etilgan.
Mutaxassislar ta’kidlaşiça, filmlar, seriallar, dasturiy ta’minot, musiqa, anime, sport translatsiyalari va videoöyinlarga bepul kiriş imkoniyatiga bölgan talab hali ham juda yuqori. Bu esa obuna asosida işlovçi platformalarning jadal rivojlanayotganiga qaramay kuzatilmoqda.
Agar internetning dastlabki yillarida qaroqçilik asosan torrentlar va fayl almaşiş tarmoqlari bilan boğlangan bölsa, bugungi kunda u taşqi körinişi jihatidan qonuniy servislarga öxşaş murakkab striming ekotizimiga aylangan.
MUSO tadqiqotçilari qaroqçilikning ösişini foydalanuvçilar noroziligi bilan izohlamoqda. Ularga köra, kontentning turli platformalarga tarqalib ketişi, mintaqaviy çeklovlar va obuna narxlarining doimiy oşib borişi noqonuniy resurslarga qiziqişni kuçaytirmoqda.
Ekspertlar, ayniqsa, kerakli kontent muayyan mamlakatda mavjud bölmaganda yoki bir neçta pulli servislar örtasida taqsimlangan holatlarda foydalanuvçilar "pirat" platformalarga köproq murojaat qilişini qayd etmoqda.
"Pirat" trafikning ösişi Osiyoning tez rivojlanayotgan raqamli iqtisodiyotlarida ham yaqqol namoyon bölgan. Hindistondan taşqari Indoneziya, Vetnam va Tailand ham reytingning yuqori qismida joylaşgan. Tahlilçilar bu holatni aholi sonining köpligi, internet qamrovining kengayişi va mobil qurilmalar orqali kontent iste’molining ustunligi bilan izohlaydi.
Hindiston yakka özi jahon qaroqçilik trafigining 8 foizdan ortiğini ta’minlagan. Bu yerda asosiy talab köngiloçar kontent, sport translatsiyalari va dasturiy ta’minotni yuklab oliş bilan boğliq.
Indoneziya 12,11 milliard taşrif bilan törtinçi, Vetnam esa 7,44 milliard taşrif bilan beşinçi örinni egallagan.
Tadqiqotçilar qaroqçilik darajasi aholi daromadlari, qonuniy kontentning ommabopligi va mualliflik huquqlarini himoya qiliş samaradorligi bilan çambarças boğliqligini ta’kidlamoqda.
Dunyodagi eng yirik qaroqçilik kontenti iste’molçilari aniqlandi
13:15 / 02.06.20262 4434 min
MUSO tahlil kompaniyasi ma’lumotlariga köra, AQŞ "pirat" saytlarga taşriflar soni böyiça dunyoda birinçi örinni egalladi. Bu raqamli qaroqçilik qonuniy striming platformalari keng tarqalayotganiga qaramay, hali ham ulkan kölamda saqlanib qolayotganini körsatadi.













