Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniya qiroli Raxoyni bosh vazir qilib tayinlash haqidagi farmonni imzoladi
Ispaniya qiroli Filipp VI Xalq partiyasi yetakchisi Mariano Raxoyni mamlakat hukumati raisi, ya'ni bosh vazir etib tayinlash haqidagi farmonni imzoladi. Bu haqda qirollik saroyi tarqatgan rasmiy xabarda aytilgan, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.
31 oktabrda qirollik qarorgohi "Sarsuela"da qirol ishtirokida bosh vazir qasamyod keltirib o‘tadi. 3 noyabrda esa yangi hukumat tarkibi e'lon qilinadi.
Avvalroq deputatlar kongressi Raxoy nomzodini bosh vazir lavozimiga tasdiqlagandi. Ispaniya 10 oydan ko‘proq vaqtdan beri doimiy hukumatsiz yashab kelayotgandi, chunki parlamentga o‘tgan partiyalar hukumatni shakllantirish masalasi bo‘yicha kelisha olmayotgandilar.
Mavzuga oid
09:01 / 25.05.2026
Ispaniyada uy-joy inqirozi: ijarachilar ko‘chalarga chiqdi
00:04 / 20.05.2026
Ispaniyada Mango do‘konlari asoschisining o‘g‘li otasini o‘ldirishda gumon qilinib ushlandi
08:04 / 13.05.2026
Inqirozdan dunyo brendiga: Bilbao shahrining qayta tug‘ilishi
21:51 / 11.05.2026