Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyada zilziladan keyin bir qator vayronagarchiliklar qayd etilmoqda
Italiyada sodir bo‘lgan 6,5 magnitudali zilziladan so‘ng mamlakatning turli aholi punktlaridan ko‘plab vayronagarchiliklar haqida ma'lumotlar kelib tushmoqda. Fuqaro mudofaasi milliy xizmati xabariga ko‘ra, hozircha halok bo‘lganlar va jabrlanganlar to‘g‘risida ma'lumotlar yo‘q.
Geofizika va vulqonshunoslik milliy institutining (Ingv)aniqlashtirilgan ma'lumotlariga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan soat 07:41da 6,5 magnitudali zilzila sodir bo‘lgan. Zilzila markazi - Peruja va Macherata o‘rtasida joylashgan. Undan so‘ng 20 daqiqa ichida 4,6 va 4,1 magnitudali yer osti silkinishlari qayd qilingan. Tabiiyki, yer yuzasining tebranishi butun mamlakat bo‘ylab, shu jumladan Rim va Markaziy Italiyaning boshqa yirik shaharlarida ham sezilgan.
Vayronagarchiliklar haqidagi xabarlar Italiyaning, eng avvalo, 26 oktabr kuni 5,9 magnitudali zilzila kuzatilgan Marke va Umbriya viloyatlaridan kelib tushmoqda. Jumladan, Ussita qishlog‘ida chorshanba kungi jiddiy silkinishlar natijasida deyarli birorta butun bino qolmagan.
Norcha shahrida zilzila natijasida ikki qadimiy cherkov – Avliyo Benedikt hamda Muqaddas Mariya ibodatxonasi vayron bo‘lgan.
Akuasant Terme shahri hukumati ham jiddiy vayronagarchiliklar haqida xabar bergan.
Yer osti silkinishlari juda kuchli sezilgan Rim shahrida hozircha vayronagarchiliklar haqida ma'lumotlar yo‘q, biroq poytaxt metrosi tekshiruv zarurati yuzasidan to‘xtatib qo‘yilgan.
Mavzuga oid
09:08
Italiya va AQSh o‘rtasida yangi diplomatik mojaro yuzaga keldi
20:51 / 19.06.2026
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
10:10 / 18.06.2026
O‘zbekistonlik shifokorlar Italiyada 5 ming yevrogacha maosh olishi mumkin
11:00 / 10.06.2026