Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyaning bosh adabiy mukofoti sovrindori 10 yevrolik chekni qo‘lga kiritadi
Bu hafta Parijda Gonkur mukofotining yangi sovrindoriga 10 yevrolik chek topshiriladi. Fransiyadagi bosh adabiy mukofotning pul qismi o‘tgan asrning boshida, mukofot ta'sis etilganidan so‘ng valyuta bozorlarida yuzaga kelgan muammolar natijasida qadrsizlangan. Biroq yuqori hay'at a'zolarining ishonchi komil: yozuvchilar bundan xafa bo‘lishmaydi.
"Bu ramziy chek, - deya izoh berdi akademiya prezidenti Bernar Pivo L'OBS jurnaliga bergan intervyusida. - Yozuvchiga uning mualliflik huquqi mukofot keltiradi". Jumladan, 2013 yilda "Yuqorida uchrashamiz" romani uchun mazkur mukofotni qo‘lga kiritgan Per Lemetrning kitobi o‘shandan keyin 600 ming nusxada nashr qilingan va 20 tilga tarjima qilingan.
Eng badavlat laureat hozircha "Uch nafar kuchli ayol" romani (2009) muallifi Mari Ndyay. Hay'at a'zolari mukofot topshirilgan kun unga chek topshirishni unutishgan va shu bois unga 10 emas, 11 yevro topshirishga qaror qilishgan.
"Alabama qo‘shig‘i" romani (2007) uchun mukofotga sazovor bo‘lgan Jil Lerua chekni o‘z uyining devoriga osib qo‘ymoqchi bo‘lgan. Biroq unga kerakli ramka 150 yevrodan kam bo‘lmasligini bilib, bunday niyatidan qaytgan.
Fransiyaning taniqli adabiy mukofoti aka-ukalar Edmon va Jyul Gonkurlar tomonidan ta'sis etilgan. Hamkasblarini qo‘llab-quvvatlash istagida bo‘lgan aka-ukalarning orzusi 1903 yilda amalga oshgan, o‘shandan buyon bu mukofot har yili adabiyot vakillariga topshiriladi.
Gonkur mukofoti fransuz tilida asar yaratuvchi yozuvchilarga mo‘ljallangan.
Mavzuga oid
20:32 / 13.06.2026
O‘zbekistonliklar uchun Fransiyada mavsumiy ish taklif etilmoqda
10:08 / 11.06.2026
Yonilg‘i narxlari oshishi Yevropada elektromobillarga talabni kuchaytirdi
10:40 / 09.06.2026
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
08:50 / 08.06.2026