O‘zbekiston | 15:11 / 31.10.2016
11561
1 daqiqa o‘qiladi
Fuqaro murojaatini hal etmagan Pensiya jamg‘armasi direktoriga hayfsan e'lon qilindi
Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi direktori Dilshod Sultanovga hayfsan e'lon qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning Facebook’dagi sahifasida ma'lum qilingan.
«Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi direktoriga (Sultanov) Toshkent shahar Shayxontohur tumanida yashovchi M. Xodjaxanova farzandi 14 yoshidan beri oyog‘ida metall protez bilan yurishini va har yili komissiya ko‘rigidan o‘tish juda og‘irligini ko‘rsatib, doimiy nogironlik masalasini hal etishda yordam so‘rab qilgan murojaatini uzil-kesil hal qilish o‘rniga rasmiyatchilik bilan javob berganligi uchun hayfsan e'lon qilinsin», — deyilgan xabarda.
Mavzuga oid
17:02 / 14.09.2024
Maktab o‘quvchilari orqali fuqarolarga eslatma-xat yo‘llagan soliqchilarga hayfsan berildi
22:09 / 23.11.2023
Kollej direktorini kaltaklagan Bag‘dod hokimi o‘rinbosari hayfsan oldi
21:14 / 27.07.2023
Qo‘qondagi yig‘ilishda bir qancha mahalliy amaldorlar ishdan olindi
20:46 / 07.12.2022