Jamiyat | 18:03 / 31.10.2016
5390
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada odam savdosida gumon qilingan shaxslar qo‘lga olindi

Foto: farishta.uz

Rossiya IIV rasmiy vakili Irina Volk jinoiy tergov xodimlarining Moskva shahrida odam savdosida gumon qilingan shaxslarning qo‘lga olinganini ma'lum qildi. Bu haqida idoraning rasmiy saytida xabar berildi.

Moskva mehmonxonalaridan birida 21 yoshli xorij fuqarosini 3 ming dollarga sotishga uringan 22 yoshli yigit va 23 yoshli qiz qo‘lga olindi. 

Foto: mvd.rf

"Ma'lum bo‘lishicha, yovuz niyatli shaxslar internet orqali og‘ir moddiy ahvolda qolgan hamda yirik mukofot puli evaziga Rossiyada organlar transplantatsiyasiga rozilik beruvchi kishilarni izlashgan", - deyilgan sayt xabarida. 

Mazkur voqea yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda qonunbuzarlik bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumotlarni olishga yo‘naltirilgan tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid