O‘zbekiston | 11:48 / 01.11.2016
133055
5 daqiqa o‘qiladi

O‘qituvchilarga soatbay haq to‘lash miqdorlari oshirildi

2016 yil 19 oktabr kuni Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi hamda Mehnat vazirligining “O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazganlik uchun mehnatga soatbay haq to‘lash miqdorlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori imzolandi.

Unga ko‘ra, o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazganlik uchun mehnatga soatbay haq to‘lashning yangi miqdorlari tasdiqlandi. Mazkur miqdorlar 2016 yil 1 oktabrdan boshlab amalga kiritilishi belgilab qo‘yildi. 

Xushnudbek.uz saytida Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi va ilmiy tadqiqot muassasalarida, qayta tayyorlash va malaka oshirish muassasalarida, shuningdek mazkur davlat muassasalarida tashkil etiladigan o‘quv kurslarida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazganlik uchun mehnatga soatbay haq to‘lash miqdorlari keltirilgan.

Unga ko‘ra, professor, fan doktori yoki tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan ilmiy darajasiga ega bo‘lgan shaxslarga o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida o‘quvchilar tomonidan to‘lanadigan soatbay haq miqdori 31 ming 472,7 so‘mni tashkil qiladi. Xuddi shu toifadagi xodimlar Oliy ta'lim muassasalarida soatiga 35 968,8 so‘m, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, rahbar xodimlar va mutaxassislar malakasini oshirish bo‘yicha ta'lim muassasalarida (kurslari) tinglovchilaridan* 43 463,1 so‘mdan, kurslar tinglovchilari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ma'lumoti talab etiladigan lavozimlarni egallab turgan xodimlardan** 24 545,1 so‘mdan soatbay haq oladi.

O‘z navbatida dotsent, fan nomzodi yoki tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga ega bo‘lgan shaxslar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida 18 458,4 so‘m, oliy ta'lim muassasalarida 22 717,9 so‘m, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, rahbar xodimlar va mutaxassislar malakasini oshirish bo‘yicha ta'lim muassasalarida (kurslari) 29 817,2 so‘m, kurslar tinglovchilari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ma'lumoti talab etiladigan lavozimlarni egallab turgan xodimlardan 14 287,9 so‘mdan soatbay haq oladi.

Ilmiy darajaga ega bo‘lmagan shaxslar*** soatbay ish haqi esa mos ravishda 12 662,5 so‘m, 16 461,1 so‘m, 24 058,7 so‘m va 9 637,5 so‘mdan etib belgilangan.

Umumta'lim maktablari pedagog xodimlariga o‘tgan darsi uchun soatbay haq to‘lash miqdorlari quyidagicha:

* oliy ta'lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslariga mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun soatbay ish haqi to‘lash shartlari bilan jalb etiladigan shaxslarga soatbay ish haqi miqdori belgilangan miqdorlaridan 25 foizga ko‘paytiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 20 avgustdagi 242-sonli «Oliy ta'lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri oliy ta'lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslariga mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun soatbay ish haqi to‘lash shartlari bilan jalb etiladigan ayrim yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlarga va tajribali amaliyotchi mutaxassislarga o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazganligi uchun soatbay ish haqi miqdorini belgilangan miqdorlaridan 50 foiz yuqori etib belgilashga haqli.

** ushbu bandda belgilangan o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazganlik uchun mehnatga soatbay haq to‘lash miqdorlari tavsiyaviy xususiyatga ega.

*** ilmiy darajaga ega bo‘lmagan, mutaxassislik fanlari bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkazish uchun jalb qilinadigan shaxslar.
Izoh:
1. Soatbay haq to‘lash miqdori tarkibiga mehnat ta'tili haqi kiritilgan.

2. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Qishloq xo‘jaligi fanlar akademiyasi akademiklari mehnatiga soatbay haq to‘lash miqdorlari 15 foizga oshiriladi.

3. Konkurs va tanlovlar jyurilari a'zolari, shuningdek konkurs ishlari taqrizchilari mehnatiga haq to‘lashda oliy ta'lim muassasalari talabalari bilan o‘quv mashg‘ulotlari olib borganlik uchun to‘lanadigan soatbay haq to‘lash miqdorlari qo‘llaniladi.

4. O‘quv mashg‘ulotlarini soatbay haq to‘lash asosida olib borganlik uchun haq to‘lash xarajatlari ta'lim muassasasi xarajatlar smetasining hisob-kitoblar yoyilmasida alohida qator bilan ajratilgan soatbay haq to‘lash fondi mablag‘lari doirasida amalga oshiriladi.

5. Soatbay haq to‘lash miqdorlari akademik soatdan kelib chiqib belgilangan.

Mavzuga oid