Sport | 04:12 / 02.11.2016
17257
3 daqiqa o‘qiladi

YeChL. "Manchester Siti" "Barselona"ni mag‘lub etdi, "Arsenal" hamda "Bavariya"dan "kambek"

Foto: Twitter/Manchester City

1-2 noyabr kunlari Chempionlar ligasi guruh uchrashuvlarining 4-turi bo‘lib o‘tdi. Turning markaziy o‘yinida - "Manchester Siti" hamda "Barselona" jamoalar kuch sinashdi. Gollarga boy bo‘lgan uchrashuv manchesterliklar 3:1 hisobi bilan yakunlandi. Dastlab kiritilgan Messining goliga "Manchester Siti" tarkibida ikki bor Gundo‘g‘an va bir bor De Bryuyne javob qaytarishdi. 

"Atletiko Madrid" esa safarda "Rostov" bilan kuch sinashdi va 93-daqiqada Grizmanning goli sabab 2:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. 

Shuningdek, Londonning "Arsenal" klubi safarda "Ludogorets"ga 0:2 hisobida yutqazayotib, g‘alabaga erishgan bo‘lsa, "Bavariya" Levandovskining dubli evaziga safarda PSV klubidan ustun keldi. 

Qolgan uchrashuvlardagi natijalar bilan quyida tanishishingiz mumkin. 

A guruhi

Ludogorets – Arsenal – 2:3
Gollar:
Kafu, 12 (1:0); Kesheryu, 15 (2:0); Daka, 20 (2:1); Jiru, 41 (2:2); O‘zil, 87 (2:3).
Ogohlantirishlar: Minev, 38 – Koklen, 59; Jaka, 66; Jyenkinson, 70.

 

Bazel – PSJ – 1:2
Gollar:
Matyuidi, 43 (0:1); Zuffi, 76 (1:1); Mene, 90 (1:2).
Ogohlantirishlar: Shteffen, 45+2; Di, 78 – Verratti, 86; Kurzava, 88.
Chetlatish: Di, 84 – yo‘q.

 

B guruhi

Beshiktosh – Napoli – 1:1
Gollar: 
Kuarejma, 78 (1:0, pen); Gamshik, 82 (1:1).
Ogohlantirishlar: Inler, 47; Tosun, 83 – Jorjino, 57.

Benfika – Dinamo Kiyev – 1:0
Gollar:
Salvio, 45+2 (1:0, pen).
Noaniq penalti: yo‘q – Morayes, 68.
Ogohlantirishlar: Samaris, 79 – Gonsales, 11; Morozyuk, 15; Makarenko, 44; Vida, 45; Ribalka, 56; Xacheridi, 90+4.

 

C guruhi

Manchester Siti – Barselona – 3:1
Gollar:
Messi, 21 (0:1); Gundo‘g‘an, 39 (1:1); De Bryuyne, 51 (2:1); Gundo‘g‘an, 74 (3:1).
Ogohlantirishlar: Sterling, 11; Kolarov, 60 – Rakitich, 20; Neymar, 29; Buskets, 74.

 

Borussiya Myonxengladbax – Seltik – 1:1
Gollar: Shtindl, 32 (1:0); Dembele, 76 (1:1, pen).
Ogohlantirishlar: Xerrman, 78; Kramer, 88 – Isagirre, 78.
Chetlatish: Korb, 75 –yo‘q.

 

D guruhi

Atletiko Madrid – Rostov – 2:1
Gollar:
Grizmann, 28 (1:0); Azmun, 30 (1:1); Grizmann, 90+3 (2:1).
Ogohlantirishlar: Godin, 44; Koke, 46; Luis, 83 – Kalachyov, 46; Azmun, 58; Gatskan, 68; Janayev, 82.

 

PSV Eyndxoven – Bavariya – 1:2
Gollar:
Aryas, 14 (1:0); Levandovski, 34 (1:1, pen); Levandovski, 73 (1:2).
Ogohlantirishlar: yo‘q – Koman, 90.

Азимжон Бердибеков
Tayyorlagan Азимжон Бердибеков
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid