Jamiyat | 17:09 / 02.11.2016
10637
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryo viloyatida chaqaloq savdosining oldi olindi

Qarshi tumanining Qoratepa qishlog‘ida yashovchi fuqaro Akbar Otajonov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan)ning SVOJDLQK departamentining Nishon tumani bo‘limiga chaqaloq savdosi haqida yo‘llagan arizasi barchani hushyor torttirdi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

Arizaga muvofiq tezkor tadbir tashkil etildi. Fuqaro Tohira Eshova o‘rtada turib, Mavluda Muqimovaning 2015 yil dekabr oyida tug‘ilgan o‘g‘lini 5 million so‘mga sotayotgan vaqtda qo‘lga olindi.

Ushbu holat yuzasidan aybdorlarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, sud hukmi bilan jazo muqarrarligi ta'minlandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid