Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nobel mukofoti sovrindorlari sammiti Kolumbiyada bo‘lib o‘tadi
16-sondagi Nobel mukofoti sovrindorlari sammiti 2017 yilning 2-5 fevral kunlari Kolumbiya poytaxti Bogotada bo‘lib o‘tadi, deb ma'lum qildilar RIA “Novosti” axborot agentligiga tadbir tashkilotchilari.
Tadbirda turli yillarda tinchlik uchun Nobel mukofoti sovrindorlari – Sobiq ittifoq prezidenti Mixail Gorbachev, Kolumbiya prezidenti Xuan Manuel Santos, Kosta-Rikaning sobiq prezidenti Oskar Arias, Polshaning sobiq prezidenti Lex Valensa, JARning sobiq prezidenti Frederik Villem de Klerk, Shimoliy Irlandiyaning sobiq birinchi vaziri lord Devid Trimbl, Sharqiy Timorning sobiq prezidenti Joze Ramush-Orta, huquq himoyachilari Shirin Obodiy (Eronning birinchi huquqshunos ayoli), Tavakul Karman (Yaman), "Tunis milliy muloqoti kvarteti" va boshqalar ishtirok etishi kutilmoqda.
Sammit tashkil etilgandan beri birinchi marotaba Lotin Amerikasida bo‘lib o‘tadi. 2017 yilgi sammit o‘tadigan joy sifatida bejizga Kolumbiya tanlanmadi, chunki 2016 yilgi tinchlik uchun Nobel mukofoti Kolumbiya prezidenti Xuan Manuel Santosga Kolumbiya hukumat qo‘shinlari va Kolumbiya inqilobiy qurolli kuchlari o‘rtasida 50 yildan ko‘proq davom etgan fuqarolik urushini tugatishga qaratilgan sa'y-harakatlari uchun topshirildi.
Sammit nafaqat jamoatchi va siyosiy yetakchilar, balki Nobel jamiyatining barcha jonkuyar a'zolari, turli davlatlar yoshlari va talabalari uchrashadigan joydir. Bu sammit oxirgi marta 2015 yilda Barselonada bo‘lib o‘tgandi.
Mavzuga oid
19:54 / 28.04.2026
AQSh zarbxonasida Kolumbiya kartellariga tegishli oltin topildi
08:46 / 24.03.2026
Kolumbiyada harbiy samolyot quladi
10:55 / 04.02.2026
Kolumbiya prezidenti Petro Oq uyda Tramp bilan uchrashdi
20:46 / 08.01.2026