Jamiyat | 00:47 / 02.11.2016
139616
2 daqiqa o‘qiladi

Taniqli aktyor Matyoqub Matchonov amnistiya bilan ozodlikka chiqarildi

31 oktabrda o‘zbek kino va teatrining mashhur aktyori Matyoqub Matchonov O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan amnistiya haqidagi qarorga ko‘ra sud zalidan ozod qilindi. Bu haqda podrobno.uz nashri xabar bermoqda.

Aktyor O‘zbekiston Konstitutsiyasining 24 yilligi munosabati bilan e'lon qilingan amnistiyaga muvofiq ozod qilindi.  

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistga nisbatan bir qator iqtisodiy va moliyaviy jinoyatlarni sodir etganlik ayblovi qo‘yilgandi. U joriy yilning 4 iyulida O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ulgurji savdo bilan shug‘ullanuvchi "Marsa" tijorat tashkilotining asoschisi va rahbari sifatida hibsga olingandi.

60 yoshli aktyorga savdo qoidalarini buzish, soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash, xavfsizlik talablariga javob bermaydigan mahsulotlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, saqlash, tashish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish kabi ayblovlar qo‘yilgandi.
Ma'lum qilinishicha, aktyor o‘ziga qo‘yilgan ayblarni inkor etgan.

Biroq tergovdan xabardor bo‘lgan manbalarning aytishicha, Matchonov va "Marsa" xodimlari 180 mln so‘mlik kamomadni qoplab berishgan.

Mavzuga oid