Biror jinoyat sodir etgan şaxs uçun jazo tayinlangani haqida eşitamiz. Ammo uni qanday ötaydi, qançasini ötaydi, bilmaymiz. Jinoyat qonunçiligi şu qadar “yumşoq”ki, jazoning muqarrarligini ta’minlaydi, xolos - uning töliq ötalişini emas. Jinoyat kodeksida 73-modda bor. Unda jazoni ötaşdan muddatidan ilgari şartli ozod qiliş nazarda tutiladi.

Uşbu moddadan yöl transport hodisasi sodir etib, inson ölimiga sabab bölgan şaxslarning ustomonlik bilan foydalanganlarini aniq misollarda körib çiqamiz.

YTH sodir etib, odam ölimiga sabab bölgan hamda sud hukmi bilan ma’lum muddat maşina boşqariş huquqidan mahrum qilingan haydovçilar jazoning uçdan bir qismini ötab, “pravasi”ni osongina olib ketmoqda. Bunga misollar talaygina.

Birinçi holat

2023 yil 23 iyul kuni Döstlik tumanida YTH sodir bölgan. 1987 yilda tuğilgan, Mirzaçöl tuman soliq inspeksiyasi boşliği örinbosari lavozimida işlovçi Z.Z. Onix maşinasini boşqarib borayotib, yöl çetida töxtab turgan piyoda A.V.ni urib yuborgan. Oqibatda piyoda ikki kun ötib şifoxonada vafot etgan.

Sudga oid avtotexnika ekspertizasining xulosasiga köra, uşbu YTHda haydovçining harakatlari yöl harakati qoidalari talabiga zid bölgan. JIB Döstlik tuman sudining 2023 yil 13 sentabrdagi hukmi bilan Z.Z. Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan aybdor deb topilgan. Unga 2 yil muddatga transport vositalarini boşqariş huquqidan mahrum qilgan holda 4 yil muddatga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlangan.

Jinoyat işlari böyiça Döstlik tuman sudi raisi, sudya A.Umurzoqovning 2024 yil 9 iyuldagi ajrimi bilan Z.Z. tayinlangan muyyan huquqdan mahrum qiliş jazosidan muddatidan ilgari şartli ravişda ozod qilingan va uning avtomobilni boşqariş huquqi qaytarib berilgan.

Ikkinçi holat

2022 yil 14 avgust kuni Samarqand viloyatining Urgut tumanida 1999 yilda tuğilgan J.E. tumanning Torinjak mahallasi hududida Nexia maşinasini yölning qarama-qarşi yönalişida boşqarib, Labo maşinasi bilan töqnaşuv sodir qilgan. Oqibatda Labo haydovçisi vafot etgan.

J.E.ga sud hukmi bilan 3 yil muddatga transport vositalarini boşqariş huquqidan mahrum qilgan holda 4 yil muddatga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlangan.

Jinoyat işlari böyiça Urgut tuman sudisudyasi E.Qarşiyevning 2024 yil 25 iyuldagi ajrimi bilan J.E. ötalmay qolgan 1 yil 5 oy 17 kun maşina boşqariş huquqidan mahrum qiliş jazosidan muddatidan ilgari şartli ozod etilgan.