Moskva shahrida qo‘shma korxona – «Uzglobaltreyd» Savdo uyi ochildi
2016 yil 17 oktabr kuni Moskva shahrida qo‘shma korxona – «Uzglobaltreyd» Savdo uyi ochildi. Bu haqida "O‘zagroeksport" AJ Kun.uz`ga xabar berdi. Savdo uyi «FUD SITI» ulgurji oziq-ovqat savdo markazida joylashgan. “Uzglobaltreyd” Savdo uyi tasarrufida keng ofis xonalari, omborxonalar va kross-dok mavjud.
Savdo uyi quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha xizmatlar taklif qiladi:
– O‘zbekistonda yetishtirilgan yuqori sifatli va ekologik toza meva-sabzavot mahsulotlarini yetkazib berish;
– ko‘rgazma maydonlarini ijaraga olishda yordam ko‘rsatish;
– kross-dokni ijaraga berish;
– ofis xonalarini ijaraga berish;
– mahsulotlarni omborxonalarda saqlash;
– Rossiya Federatsiyasi bozoriga yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini olib chiqish.
Mavzuga oid
17:10 / 19.10.2018
Meva-sabzavot eksporti islohoti uchun yangi qaror. Endi «O‘zagroeksport» monopoliyasi cheklanadimi?
11:33 / 11.10.2018
“O‘zagroeksport” oldindan to‘lovsiz mahsulotlarni eksport qilishi mumkin bo‘lgan xorijiy tashkilotlar ro‘yxatiga yangi pozitsiya qo‘shildi
14:07 / 14.09.2018
Qalampir ekkanlarni ham piyoz ekkanlarning qismati kutmoqdami?
22:24 / 07.08.2018