Joriy yil bahorida Özbekiston Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 27 yanvardagi 62-sonli qarori ijrosini ta'minlaş maqsadida Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlarda 15 ming gektardan ortiq maydonga eksportbop aççiq qalampir köçatlari qadaldi.

Öşa vaqtda katta şov-şuv kötarilib, bir kilo aççiq qalampir jahon bozorida falon dollar ekan, özbek fermerlaridan kilosini falon sömdan olişarkan, dehqonning kökragiga ham şamol tegadigan kunlar keldi, qabilida sözlar yangradi. Ammo oddiy haqiqat şuki, jöjani kuzda sanaşadi.

Sönggi vaqtlarda qalampir yetiştirgan va tayyor mahsulotni kimga sotişni bilmay boşi qotgan dehqonlar va fermerlardan şikoyat arizalari köpayib bormoqda. Ular şartnoma böyiça mahsulotni xarid qilişi kerak bölgan taşkilotlar (bular: Chiliuz, Nova Agro, Big Agro, Bekklaster) fermerlarga aloqaga çiqmayotganlari, yetiştirilgan mahsulotni xarid qiliş punktlari ham ma'lum emasligini aytmoqda. Qalampir köçatlarini Agrobank krediti evaziga majburan xarid qilib ekkan fermerlar orasida mahsulotni sotib oluvçi taşkilotlar rahbarlari xorijga çiqib ketibdi, bank kreditni tölaşni talab qilsa, hovlisiga qalampirni olib borib, tökamiz qabilidagi gap-sözlar bölayotgani ham quloqqa çalinmoqda.

Kun.Uz sayti muxbiri şu kabi murojaatlar köpaygani bois, mamlakatda yetiştirilgan qalampirni xarid qiliş va eksport qiliş işlari qay darajada ekanini biliş maqsadida dastavval Prezident qarori bilan mas'ul taşkilotlardan biri sifatida belgilangan “Özoziqovqatxolding” kompaniyasi bilan boğlandi. Bu yerda mazkur masala böyiça Chiliuz firmasi va “Özagroeksport” taşkiloti javobgar ekanini bildirişdi.

“Özagroeksport”dagilar Chiliuz firmasini körsatişdi. Şundan söng, “qalampir ektiriş” kampaniyasi ijrosi uçun mas'ul firmalardan biri – Chiliuz (vaholanki, yuqoridagi ikki taşkilot uşbu firma ta'sisçilari hisoblanadi) direktori Botir Maşaripov (2018 yil 28 iyundan uşbu lavozimda faoliyat yuritmoqda, bungaça GMG firmasi direktori Furqat Bahromov rahbar edi) bilan uçraşib, suhbatlaşdik.

“Prezident Şavkat Mirziyeyov Qoraqalpoğiston Respublikasiga uyuştirgan safarlari çoğida dehqon-fermerlar bilan uçraşib, hosildorligi past paxta maydonlari örnida yangi qişloq xöjaligi mahsulotlari, jumladan aççiq qalampir yetiştiriş böyiça takliflarni ma'qullaş taşabbusi bilan çiqdi”, - dedi B.Maşaripov.

Şundan söng, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 27 yanvar kuni 62-sonli qarori, keyinroq qarorning ijrosini ta'minlaş böyiça 2018 yil 21 fevralda ötkazilgan yiğilişning 8-son bayoni qabul qilingan. Maşaripovning ma'lum qilişiça, yil boşida qalampir uruğini xorijdan keltiriş va uning köçatlarini yetiştirib, markazlaşgan holda dehqon-fermerlarga yetkaziş vazifasi, qarorda belgilangan firma-taşkilotlar mavjud bölmagani bois, GMG firmasiga yuklangan. U Hindistondan “jivallo” va boşqa navli qalampirlarni keltirgan.

“Chiliuz kompaniyasi taşkil etilganidan söng, dehqon-fermerlar bilan 192 mlrd sömlik aççiq qalampirni xarid qiliş böyiça fyuçers şartnomalari imzolangan. Şartnoma imzolanganidan keyin, fermerlarga aççiq qalampir yetiştiriş borasidagi agrotexnik maslahatlar va boşqa masalalar yuzasidan Chiliuz xizmat körsatişi kerak edi”, - deya ma'lum qildi firma rahbari.

U, şuningdek aççiq qalampir yetiştiriş kampaniyasi birinçi yildayoq bunday muvaffaqiyatsizlikka duç kelganini izohladi. 

“Buning asosiy sababi şundaki, Chiliuz kompaniyasi taşkil etilgan kundan boşlab, şu kunga qadar, unga va hududiy bölinmalariga banklar yoki boşqa taşkilotlar tomonidan mablağ ötkazilmagani, ya'ni yetarli aylanma mablağ bilan ta'minlanmagani bois, Chiliuz joylarda yetiştirilgan hosilni xarid qila olmay kelmoqda”, - deya oydinlik kiritdi Botir Maşaripov.

Chiliuz direktori Botir Maşaripov

Uning bildirişiça, bank muassasalari Chiliuz ta'sisçilarining (“Özoziqovqatxolding” va “Özagroeksport”) bugungi moliyaviy ahvolini, ularning boşqa kredit majburiyatlari bölgani sababli kafolat bera olmasligini inobatga olgan holda Chiliuz firmasiga kredit taqdim etişni rad etib kelgan.

Maşaripov, şuningdek bugungi kunda Özbekistonda yetiştirilgan garmdorilarni xorijga eksport qilişda ham muammolar mavjudligini aytar ekan, bu masala mohiyatini ham oçiqladi. Uning sözlariga köra, dunyoning aççiq qalampirni köp iste'mol qiladigan asosiy yirik davlatlari, Xitoy, Hindiston, Indoneziya, Singapur, Koreya va Meksika kabi davlatlarda Özbekistonda yetiştirilgan aççiq qalampirni kiritiş böyiça taqiqlar bor. Ayni şu sababli, qalampirni eksport qiliş borasida tösiqlarga duç kelinmoqda. Qolaversa, Xitoy, Hindiston, Malayziya, Meksika, Bolgariya, Ruminiya va Polşa katta miqdorda aççiq qalampir yetiştiradi.

Ta'kidlaş örinliki, yuqoridagi sözlar Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 29 avgust kuni bölib ötgan va 30 avgust kuni tasdiqlangan yiğiliş bayonida ham öz aksini topgan.

Chiliuz rahbarining aytişiça, Özbekistonda yetiştirilgan aççiq qalampir hosilini eksport qilişda taqiqlar mavjudligi yoki yöqligi, mahsulotni qanday usulda olib kiriş mumkinligi borasida kerakli mutasaddi taşkilotlar tomonidan öz vaqtida axborot berilmagan. Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 avgustida imzolangan bayonnomasiga binoan Agrobank ATB tomonidan suğurta asosida mablağ ötkazilib berilişi belgilangan.

“Boş vazir bayonnomasiga asosan, bank pulni qanaqa tartibda ajratadi, neça foizda taqdim etadi, şu masalalar yeçimini topsa, fermerlardan qalampir xarid qilişni boşlaymiz. Ammo yana bir muammo şundaki, höl qalampirni xorijiy davlatlarga eksport qiliş masalasini ham hal qilişimiz kerak”, - dedi B.Maşaripov.

Jurnalist mazkur maqolani tayyorlaş jarayonida, Chiliuz rahbari bilan telefon orqali boğlanib, Agrobank ATB tomonidan mablağ ötkaziş masalasi qanday hal etilganiga qiziqdi. Maşaripovning bildirişiça, 2018 yil 11 sentabr kun holatiga köra, bank heç qanday mablağ ötkazib bermagan. Bundan xulosa qiliş mumkinki, hozirça joylarda yetkazilgan qalampir hosilini xarid qiliş işlari boşlangani yöq.

P.S.: Bugungi kunda jahon aççiq qalampir (garmdori) bozorida 1 kg quruq mahsulot 2,35 AQŞ dollari, kukun holatdagisining 1 kilogrammi yanada qimmatroq. Biroq Özbekistonda yetiştirilgan bu yilgi garmdorilarni eksport qiliş imkoni böladimi-yöqmi, buni vaqt körsatadi. Aççiq qalampir yetiştirgan fermerlar qanday muammolar bilan duç kelayotgani haqida keyingi lavhalarimizda söz yuritamiz.

Tolib Rahmatov Kun.Uz muxbiri

Fazliddin Abduqodirov Kun.Uz operatori