Özbekistonning birinçi prezidenti Islom Karimovning 2016 yilning 7 aprel kungi qarori bilan «Özbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasi tarkibida yangi va qayta işlangan meva va sabzavot mahsulotlarini eksport qiliş böyiça ixtisoslaştirilgan taşqi savdo kompaniyasi – «Özagroeksport» aksionerlik jamiyati tuzilgandi. «Özagroeksport» Özbekistonda meva-sabzavot eksporti sohasidagi gegemon taşkilotga aylandi.

Bu taşkilotning tuğilişi sohada faoliyat yurituvçi tijoratçilar uçun misli körilmagan çeklovlar örnatilişi bilan birga keçdi. Bozor iqtisodiyoti asoslaridan xabardor kişilar tuşunişdi – sohaning ustidan «maymunlar yiğlaşi» tayin edi. Şunday ham böldi. Qaysidir sohada monopoliya örnatilişi sohani tezda dafn etiş bilan barobar ekani yana bir bor öz isbotini topdi. Beli oğrimagan mansabdor dehqon yetiştirgan mahsulotning ğamini yemasligi va heç qanday qarorlar unda bunday ğamni paydo qilolmasligi haqiqati aksiomaga aylandi. Birgina Surxondaryo viloyatida gektar-gektar maydonlarda dehqon maşaqqatlari bilan yetiştirilgan piyoz yiğiştirilmay dalada qolib ketdi. Monitoringlar ötkazilmasligi natijasida minglab dehqon oilalar körgan moddiy va ma'naviy zararlar hajmini heç kim eslamadi.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 18 oktabr kuni e'lon qilingan «Meva-sabzavot mahsulotlarini taşqi bozorlarga çiqariş samaradorligini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi yangi qarori vaziyatni tubdan özgartirişga bölgan irodaning belgisi ekani körinib turibdi. Hujjatga köra, meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiliş mexanizmi ança soddalaştirilgan. Endi yuridik şaxslar uni dastlabki tölovsiz, akkreditiv oçmasdan, bank kafolatini rasmiylaştirmasdan hamda eksport şartnomasini siyosiy va tijorat xavflaridan suğurta polisisiz eksport qilişlari mumkin. Şu yilning avgust oyidan boşlab bunday mahsulotlarning eksporti böyiça narx belgilaş tartibi ham özgargandi.

Qolaversa, tadbirkorlik sub'yektlari ulgurji savdo qiliş litsenziyasiga ega bölmasdan meva-sabzavot mahsulotlari eksportini amalga oşiriş huquqiga ega böladi, eksport qilinadigan meva-sabzavot mahsulotlari bojxona körigidan ötkazilmaydi.

Dunyoda tobora talab kuçayib borayotgan sifatli meva-sabzavot mahsulotlarini yetiştirişning ulkan salohiyatiga ega mamlakatimiz uçun bu sohaning ahamiyati nafaqat mamlakatga valyuta jalb qiliş bilan, balki qişloqlarda işsizlik hajmini kamaytiriş, özga iqtisodiyotlar uçun arzon işçi kuçi bölib xizmat qilayotgan qişloq yoşlarini vatanda, öz oilalarining oldida mehnat qilişlari uçun muhim omil ekani bilan ölçanadi.