Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Atletik" o‘yinchisi Aduris Yevropa ligasida antiqa rekord o‘rnatdi
Ispaniyaning "Atletik" klubi hujumchisi Arits Aduris Yevropa ligasi guruh bosqichining 4-turida Belgiyaning "Genk" klubi darvozasiga 5 ta to‘p urdi. Uchrashuv 5:3 hisobida ispanlar foydasiga yakunlandi.
35 yoshli Aduris Yevropa ligasining bir uchrashuvida 5 ta to‘p ura olgan tarixdagi birinchi futbolchi bo‘ldi.
Aduris raqib darvozasiga uchrashuvning 1-bo‘limida 3 ta, 2-bo‘limida 2 ta to‘p kiritdi. Qayd qilish joizki, futbolchi penta-trigidagi 3 ta golini penaltidan kiritdi.
Bungacha Radamel Falkao ("Portu" — "Vilyarreal", 2010/11 yillardagi mavsum yarim finalida) va Edinson Kavani ("Napoli" — "Dnepr", 2012/13 yillardagi mavsum guruh bosqichida) Yevropa ligasining bir uchrashuvida 4 ta to‘p urgan futbolchilar bo‘lib kelayotgandilar.
Mavzuga oid
17:29 / 26.02.2022
«Chelsi» va «Liverpul» o‘rtasida final, «Barsa» «Atletik»ga qarshi. Hafta o‘yinlari anonsi
09:23 / 20.11.2019
Hurriyet: «Galatasaroy» Falkao o‘rniga Shomurodovni olib kelmoqchi
06:58 / 03.09.2019
Falkao «Galatasaroy» bilan shartnoma imzoladi
09:24 / 30.03.2019