Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hurriyet: «Galatasaroy» Falkao o‘rniga Shomurodovni olib kelmoqchi
«Rostov» klubidagi moliyaviy muammolar sababli, jamoa o‘z to‘purari Eldor Shomurodovni transferga qo‘yishi mumkinligi haqidagi xabarlar tarqalgach, o‘zbekistonlik goleadorga Rossiyaning grand klublaridan tashqari, Turkiyaning nomdor klubi ham da'vogarlik qilmoqda.
Turkiyaning bir qator nashrlari qatorida «Hurriyet»ning yozishicha, joriy mavsumda hujumchiga yolchimayotgan «Galatasaroy» klubi Eldor Shomurodovga qiziqish bildirmoqda. Klub mavsum boshida o‘z safiga qo‘shib olgan ikki hujumchi – kolumbiyalik Radamel Falkao va ruminiyalik Florin Andonening o‘yinidan umuman qoniqmayapti. Ikki forvard ham jarohatlar girdobida qolayotgani klub bosh murabbiyi Fotix Terimning rejalarini buzmoqda. Katta umidlar bilan Istanbul klubiga taklif etilgan Falkao mavsum boshidan buyon 5 o‘yinda bor yo‘g‘i 1 ta gol urgan. Turkiya Superligasining amaldagi chempioni O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisini yanvardagi transfer oynasida qo‘shib olmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq TsSKA Shomurodov uchun 5 million taklif etayotgani haqida xabar chiqqan bo‘lsa, ko‘p o‘tmay «Sovetskiy Sport» nashri Shomurodov uchun kurashda «Zenit» favorit ekanligi haqida yozgandi.
Mavzuga oid
16:21 / 29.06.2026
Shomurodov JCh guruh bosqichidagi eng chiroyli gol muallifi bo‘lishga da’vogar
14:49 / 29.06.2026
«To‘pni yaxshi ushlab turolmadik» – futbolchilar turnirni tark etgandan keyin nimalar deyishdi?
21:50 / 28.06.2026
Shomurodov jahon chempionatidagi deyarli imkonsiz gol muallifi bo‘ldi
08:30 / 28.06.2026