Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada islomdan qo‘rqishni targ‘ib qiluvchi kompyuter o‘yinlariga qarshi kurashiladi
Turkiya yoshlar va sport vazirining ma'lum qilishicha, vazirlik islomofobiya – islomdan qo‘rqishni targ‘ib qiluvchi kompyuter o‘yinlar tarqalishiga qarshi kurashadi.
Vazirning aytishicha, bunday o‘yinlar haqida ma'lumot chop etiladigan maxsus sayt yaratilgan.
Bundan tashqari, foydalanuvchilar telefon qilib, islomofobiyani targ‘ib qiluvchi o‘yinlar haqida ma'lumot berishlari mumkin bo‘lgan "qaynoq" liniya ishga tushirilgan.
Bunday o‘yinlarni tarqatuvchi kompaniyalarga tegishli ogohlantirish yuboriladi.
Vazirning ma'lum qilishicha, bu muammoni yechish bo‘yicha ikki kunlik seminar tashkil etish rejalashtirilmoqda. Unda kompyuter o‘yinlari ishlab chiqaruvchilari va distribyutorlari, ota-onalar, ruhshunoslar, pedagoglar, jamg‘armalar va davlat tuzilmalari vakillari hamda foydalanuvchilar ishtirok etadilar.
Mavzuga oid
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
22:23 / 08.06.2026
Harbiy tibbiyot sohasida Turkiya bilan hamkorlik rivojlantiriladi
13:14 / 07.06.2026