O‘zbekiston | 14:27 / 07.11.2016
9107
1 daqiqa o‘qiladi
Davlat raqobat qo‘mitasi raisining virtual qabulxonasi ishga tushdi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi raisining virtual qabulxonasi ishga tushirildi. Bu haqda qo‘mita saytida ma'lum qilingan.
Xususiylashtirish, davlat mulkini ijaraga olish, aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati, iste'molchilar huquqlari himoyasi, bankrotlik, birja, baholash va rieltorlik faoliyati va Davlat raqobat qo‘mitasi faoliyati doirasidagi boshqa masalalar bo‘yicha savollar yuzasidan qo‘mita raisiga murojaat qilish mumkin.
Ushbu resursda (online.gkk.uz yoki onlineqabul.gkk.uz) nafaqat murojaatnoma yuborish, balki uning ijro etilishini kuzatib borish ham mumkin. Shuningdek, murojaatlarga bevosita mazkur saytning o‘zidan javob olish mumkin.
Mavzuga oid
22:07 / 22.04.2019
Qozog‘iston prezidentining virtual qabulxonasi ishga tushirildi
17:47 / 31.05.2018
Davlat xizmatlari agentligini tashkil etish zaruriyati nega paydo bo‘lgandi?
13:31 / 11.05.2018
Davlat raqobat qo‘mitasi raisiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
17:28 / 20.02.2018