Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonalar faoliyati yölga qöyilgandan söng, aholi murojaatlarining tahlili Davlat xizmatlari agentligini taşkil etişga zaruriyat yaratdi, deb ta'kidlaydi agentlik direktori örinbosari Nömon Muhammadiyev.

30 may kuni mahalliy va xorijiy ekspertlar Toşkent şahrida bölib ötgan xalqaro anjuman doirasida Özbekiston Respublikasida ma'muriy islohotlar konseptsiyasi ijrosining dastlabki natijalarini muhokama etişdi. Şulardan biri, Davlat xizmatlari agentligining taşkil etilişi va uning faoliyati böyiça böldi.

«Qabulxonalarga kelib tuşayotgan murojaatlarning tahlili şuni körsatdiki, davlat xizmatlarini körsatiş sohasida rasmiyatçilik, ovoragarçilik, sansalorlik, korrupsiya va boşqa muammolar köpligi yuzaga çiqdi», deydi direktor örinbosari.

Muhammadiyevning aytişiça, davlat xizmatlarini yangi şaklda taqdim etişdan faqat yuridik şaxslar foydalanişi mumkin edi. Bu öz navbatida fuqarolarning davlat organlarida hujjatlarni rasmiylaştiriş bilan boğliq turli masalalarni paydo qilib kelgan.

«Ayrim davlat organlaridagi axborot resurslarida ma'lumotlar ombori mavjud bölmagani, ma'lumot almaşinuvi idoralararo past darajada integratsiyalaşuvi - davlat xizmatlarining tezkorligi va sifatiga salbiy ta'sir qilgan», deydi u.

Şu örinda xizmatlar uçun belgilangan narxlarning qimmatligi, murakkab va byurokratik yöldan rasmiylaştirişgaça bölgan bosqiçlar qayta körib çiqilişi ma'lum qilindi.

Ma'lum qilinişiça, respublika böylab agentlikning joylardagi markazlarida joriy yilning 1 iyunidan boşlab 60 turdan ortiq xizmatlar faollaştirilgan bölsa, yil söngiga qadar ularning soni 87taga yetişi kutilmoqda. Bosqiçma-bosqiç bu raqam 2020 yilga kelib, 160tani taşkil etişi nazarda tutilgan.