22 dekabr kuni Raqobat qömitasi tomonidan «Streetpark Systems» MÇJ (Poytaxt parking) umumiy foydalanişdagi avtomobil yöllarida joylaşgan pulli töxtab turiş joylaridan foydalaniş huquqini beruvçi xizmatlarni körsatiş böyiça ustun muzokara kuçiga ega deb e’tirof etildi.
Qömita matbuot xizmati ma’lum qilişiça, uşbu maqom xizmatlar bozorida kompaniyaning muzokara jarayonlariga ta’siri yuqori ekanini anglatadi. Şu munosabat bilan «Raqobat töğrisidagi» qonunning 18-moddasi talablari eslatilib, ustun muzokara kuçiga ega deb topilgan xöjalik yurituvçi sub’yektlarning raqobatni çeklaşga va/yoki iste’molçilar hamda boşqa sub’yektlarning huquq va qonuniy manfaatlarini kamsitişga olib kelişi mumkin bölgan harakatlari taqiqlanişi qayd etildi.
Qonunga muvofiq, bunday sub’yektlar tomonidan quyidagi harakatlarga yöl qöyilmaydi:
- tovarlarning muomalasi hajmini tovar yoki moliya bozorida taqçillikni keltirib çiqariş yoki saqlab turiş maqsadida narxlarning oşişiga va (yoki) iste’molçilarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga zarar yetkazilişiga olib keladigan tarzda qisqartiriş;
- iste’molçilarning zarur hajmdagi tovarni va lozim darajadagi sifatli tovarni olişga bölgan huquqlari kamsitilişiga yöl qöyiş;
- şartnoma predmetiga taalluqli bölmagan şartlarni, şu jumladan moliyaviy mablağlarni, boşqa mol-mulkni, mulkiy huquqlarni özga şaxsga ötkazişga doir asossiz talablarni majburan qabul qildiriş;
- tovarni realizatsiya qilişda yoki olişda kamsituvçi şart-şaroitlarni belgilaş, şu jumladan tovardan foydalaniş şartlarini majburan qabul qildiriş;
- şartnoma tuzişga faqat kontragent tomonidan boşqa tovarni oliş yoki realizatsiya qiliş yoxud kontragentning tovarni özga xöjalik yurituvçi sub’yektlardan olişdan yoki boşqa xöjalik yurituvçi sub’yektlarga realizatsiya qilişdan özini tiyişi şarti bilan rozilik beriş;
- tegişli tovarni işlab çiqariş yoki realizatsiya qiliş imkoniyati böla turib, şartnoma tuzişni asossiz ravişda rad etiş;
- tovar yoki moliya bozoriga boşqa xöjalik yurituvçi sub’yektlarning kirişi uçun tösiqlar yaratiş;
- narxlarni davlat tomonidan tartibga soliş qöllaniladigan tovarlar uçun belgilangan narxdan ortiq haq oliş yoki narxlarni davlat tomonidan tartibga soliş tartibini buziş, şuningdek körsatilmagan xizmatlar yoki bepul körsatilişi kerak bölgan xizmatlar uçun haq oliş;
- boşqa xöjalik yurituvçi sub’yektlar (raqobatçilar) tomonidan işlab çiqarilgan tovarlarni olişni yoki realizatsiya qilişni taqiqlaş yoxud çeklaş.













