Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an: G‘arb Turkiyaga o‘tkazib qo‘ygani yo‘q
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning bayonot berishicha, G‘arb mamlakatlari Turkiya uchun biron yaxshilik qilmagan. Shu sababli, endilikda mamlakat o‘z muammolarini mustaqil hal qilmoqchi, deb xabar qiladi Anadolu agentligi.
«G‘arb Turkiya uchun biron yaxshilik qilgani yo‘q. Turkiyani 53 yil mobaynida Yevropa ittifoqi ostonasida kutishga majbur qilayotgan g‘arbdan nimani ham kutishi mumkin?», — deb bayonot bergan Erdog‘an.
Turk prezidentining ta'kidlashicha, amalga oshirilgan sa'y harakatlar va bugungi kun talabalari yordamida mamlakat barcha sinovlarni yengib o‘ta oladi.
«So‘nggi uch yil mobaynida yuz berayotgan hodisalar tufayli Turkiya voqealarga nisbatan o‘z qarashini o‘zgartirdi va o‘zi uchun yangi yo‘lni belgilab oldi», — degan Erdo‘g‘an. Uning aytishicha, Turkiya uchun boshqalarning nima deyishi ahamiyatsiz.
Turkiya rahbari, shuningdek, «mamlakat gullab-yashnashi va xalq farovonligi yo‘lida barcha choralarni ko‘rish»ga va'da bergan.
Mavzuga oid
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
22:23 / 08.06.2026
Harbiy tibbiyot sohasida Turkiya bilan hamkorlik rivojlantiriladi
13:14 / 07.06.2026