Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada Samsung’ning boshqa modeli ham yonib ketgani borasida xabarlar tarqaldi
Fransiyada Samsung smartfonining boshqa bir modeli yonib ketgani borasida ma'lum qilindi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
Lamia Buirdanning ta'kidlashicha, voqea 6 noyabr kuni, oilaviy uchrashuv o‘tayotgan uning uyida sodir bo‘lgan. Buirdanning so‘zlariga ko‘ra, u to‘rt yashar o‘g‘lidan qizib ketgan , Galaxy J5 telefonini keltirishni so‘ragan.
Po shahrida yashovchi ushbu fuqaro smartfoni qizib ketgani va undan tutun chiqayotgani sabab uni otib yuborgan. Shundan so‘ng, Galaxy J5 yongan. Buirdanning do‘sti uni tezda o‘chirgan.
Frantsuzning aytishicha, smartfonni iyun oyida chegirma asosida saytdan sotib olgan. Buirdan Samsung kompaniyasiga qarshi da'vo qo‘zg‘ashga hozirlik ko‘rmoqda. Kompaniya bu borada hech qanday izoh bermagan.
Mavzuga oid
10:08
Yonilg‘i narxlari oshishi Yevropada elektromobillarga talabni kuchaytirdi
10:40 / 09.06.2026
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
08:50 / 08.06.2026
SIPRI: dunyoda yadroviy qurollar soni yana o‘sishi mumkin
20:18 / 06.06.2026