Jahon | 14:39 / 07.11.2016
4964
2 daqiqa o‘qiladi

Google va YouTube AQShdagi prezidentlik saylovlarini translyatsiya qiladi

Foto: AP

Google va YouTube ertaga, 8 noyabrda bo‘lib o‘tadigan AQSh prezidentlik saylovlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qiladi. Bu haqida Google o‘z blogida xabar berdi

Ovoz berish jarayoni tugagandan keyin Google va YouTube'da tegishli so‘rov asosida ovoz berishning oraliq natijalari haqida ma'lumot olish mumkin bo‘ladi. Gap faqat prezidentlik poygasi haqida emas, balki Kongress va Senatdagi o‘rinlarning taqsimlanishida ham ketmoqda. 

Manbaga ko‘ra, qidiruv natijalari 30dan ortiq tilda taqdim etiladi. 

Ovoz berish jarayonining tugash vaqti shtatiga qarab farqlanadi. 

Saylov kuniga qadar YouTube'da ko‘plab to‘g‘ridan-to‘g‘ri  translyatsiyalar berildi: foydalanuvchilar ularni tomosha qilishga jami 20 million soat sarflashgan. Prezidentlik poygasining so‘nggi kunida videoxosting PBS, NBC, MTV, Bloomberg, ispan tilidagi Telemundo telekanallari hamda The Young Turks veb-shousining jonli efirlarini taqdim etadi. 

elections

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid