Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chavusho‘g‘li: Turkiyadagi terrorchilar Germaniyada qo‘llab-quvvatlanmoqda
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavusho‘g‘lining bayonot berishicha, Germaniya Turkiyadagi terrorchilarga ko‘mak berayotgan davlatdir.
"Afsuski, Germaniya Turkiya tomonda emas. U doimo Turkiyaga qarshi tashabbuslarni qabul qiladi. Biz Kurdiston Ishchi partiyasining 4 mingga yaqin a'zosini berishni so‘ragan bo‘lsak, ular bittasini ham berishgani yo‘q. KIP Germaniyaning har bir shahrida terrorchilik faoliyati uchun mablag‘ yig‘adi. Nemis hukumati esa buni juda yaxshi biladi", - degan vazir.
Uning aytishicha, yaqinda Shveytsariyaga safari chog‘ida "KIPning ikki nafar va Inqilobiy xalq ozodlik partiyasining ikki a'zosini berishni so‘ragan".
"Ma'lum bo‘lishicha, ular Germaniyada ekan. Shveytsariya ularni Germaniyaga chiqarib yuborgan va bu tasodifiy emas. Bu tashkilotlar Germaniya ichida faoliyat yuritmoqda. "Fathullohchilar terrorchilik tashkiloti" a'zolari ham u yerga qochmoqda. Ular bekorga Germaniyani ma'qul ko‘rishayotgani yo‘q", - degan Chavusho‘g‘li. Uning so‘zlariga ko‘ra, GFR "Turkiyada faoliyat yurituvchi terrorchilarga eng ko‘p yordam beradigan, ularni qabul qiladigan mamlakatga aylangan".
Turkiya tashqi ishlar vazirining fikricha, bu kabi muammolarni hal etish uchun "diplomatik choralar ko‘rishni va ikki tomonlama muloqotni davom ettirish zarur".
Mavzuga oid
22:23 / 08.06.2026
Harbiy tibbiyot sohasida Turkiya bilan hamkorlik rivojlantiriladi
13:14 / 07.06.2026
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
16:20 / 26.05.2026
O‘lim to‘shagida ochilgan sir: turk tadbirkorining Shveytsariya bankiga qarshi moliyaviy urushi
13:52 / 26.05.2026