Texnologiya | 07:29 / 08.11.2016
25467
2 daqiqa o‘qiladi

Samsung Galaxy S8 namoyishini odatdagidan kechiktiradi

Foto: tjournal.ru

Samsung kompaniyasi o‘zining navbatdagi flagmanini odatdagidan kechroq taqdim etadi, aqliy salohiyatga ega ovozli yordamchisi esa uning asosiy yangi funksiyasiga aylanadi. Bu haqida The Wall Street Journal xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, Galaxy Note 7 smartfonlari batareyalarining yonish holatlari bilan bog‘liq hodisalar tufayli Samsung o‘zining S-seriyali navbatdagi flagmanini odatdagidan kechroq namoyish qiladi. Koreys kompaniyasi 8 fevralda Barselonadagi Mobile World Congress ko‘rgazmasida ommaga Galaxy S8 qurilmasini taqdim etishi kerak edi, biroq endi yangi flagman namoyishi aprelga ko‘chirildi. 

Nashrda ta'kidlanishicha, S8'ning asosiy xususiyati aqliy salohiyatga ega yangi funksiyasi bo‘lishi kutilmoqda. Kompaniya o‘zining boshqa IT-mahsulotlariga ham bu texnologiyani kiritmoqchi. 

Bundan tashqari, Weibo ijtimoiy tarmog‘ida tarqalgan ma'lumotlarga ko‘ra, Galaxy S8 "Uyga" tugmasidan "mahrum qilinadi". Qurilmaga barmoq izlarining ultratovushli skaneri o‘rnatilishi taxmin qilinmoqda. 

Oktyabr oyi boshlarida OAVda Galaxy S8 ustidagi ishlar ikki haftaga to‘xtatilgani haqida xabar tarqalgandi, bunga kompaniya muhandislarining Galaxy Note 7 bilan bog‘liq muammolar bilan shug‘ullanganligi sabab qilib ko‘rsatilgan. 

 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid