Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya bosh vaziri Tramp bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi
© AP Photo
Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzodini qo‘ygan va g‘olib bo‘lgan Donald Trampni tabriklab, u bilan hamkorlik qilishga tayyorligini ma'lum qildi.
"Men Donald Trampni og‘ir kechgan saylovoldi kampaniyasidan so‘ng, AQSh prezidenti bo‘lgani bilan tabriklayman", — deyiladi Mey bayonotida.
"Britaniya va AQSh o‘rtasida erkinlik va demokratiyaga asoslangan muhim munosabatlar yotadi. Biz savdo, xavfsizlik va mudofaa borasida kuchli hamda yaqin hamkorlar bo‘lib qolamiz", — deb ta'kidladi u.