Jamiyat | 00:42 / 09.11.2016
8015
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniyalik yongan holatda yugurish bo‘yicha jahon rekordini yangiladi

Foto: Men Media

Britaniyalik Entoni Britton o‘zini yoqib, 180 metrlik masofaga yugurishga muvaffaq bo‘ldi. Bu bilan Britton jahon rekordini yangiladi, deb yozmoqda Daily Mail.

Rekordchi 3 qavat kombinezon, shlem va botinka kiyib olgan, shuningdek, tanasiga kuyishdan himoyalovchi maxsus gel surtilgan edi. Entoni taxminan 50 soniya masofani bosib o‘tdi. O‘t o‘chiruvchilar yerga qulagan ekstremalga yordam berishga ulgurishdi va u kichik jarohatlar bilan cheklandi.

Avvalgi rekord amerikalik kaskadyor Ted Betchelorga tegishli bo‘lib, u 160 metrlik masofani bosib o‘tgan.

Азимжон Бердибеков
Tayyorlagan Азимжон Бердибеков
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid