Jahon | 21:02 / 09.11.2016
9913
1 daqiqa o‘qiladi

Kuba Trampning g‘alabasi ortidan harbiy mashg‘ulotlar boshlaydi

AQShdagi prezidentlik saylovlari yakunlanishi va unda Donald Tramp g‘alaba qozonishi ortidan Kubada «dushmanona harakatlar»ga qarshi qaratilgan 5 kunlik harbiy mashg‘ulotlar boshlanadi. Bu haqda Reuters xabar bergan.

Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, Kuba bu harbiy mashg‘ulotlarni AQShdagi saylov natijalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lamayapti. 

Lekin Tramp Barak Obama o‘z lavozimini tark etishidan keyin bu mamlakat bilan uning davrida yaxshilangan munosabatlarni qayta ko‘rib chiqish haqida bildirgandi.

«Bu bayonot bo‘yicha rasmiy munosabat bildirilmadi», — deyilgan agentlik xabarida.

Respublikachilar partiyasi nomzodi Donald Tramp AQShda prezident saylovlarida g‘olib bo‘ldi. U 279ta saylovchi ovozini oldi va 218ta ovoz yiqqan demokratlar vakili Hillari Klintonni yengdi.

Mavzuga oid