Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni qiroli: Tramp Yaqin Sharqqa barqarorlik olib kelishi mumkin
Foto: Reuters
Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz al-Saud Donald Trampni AQSh prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi va uning hokimiyat tepasiga kelishi bilan Yaqin Sharqda barqarorlik qaror topishiga umid bildirdi. Qirolning Tramp nomiga bildirilgan tabrik telegrammasi matni bilan Saudiya Arabistonining "Al-Axboriya" telekanali tanishtirdi.
"Xalq va qirollik hukumati va bizning nomimizdan do‘stona amerika xalqiga samimiy tabriklarimizni yetkazmoqchiman hamda taraqqiyot va farovonlik tilab qolmoqchiman. Biz Yaqin Sharqda va butun dunyoda xavfsizlik va barqarorlik olib kelishi mumkin bo‘lgan yangi lavozimingizda muvaffaqiyatlar tilab qolamiz", deb aytilgan qirol tabrigida.
Qirol Saudiya Arabistonida barcha sohalarda rivojlanishi va mustahkamlanishiga umid qilinayotgan ikki do‘stona davlat o‘rtasidagi mustahkam tarixiy aloqalarga ishora qildi.
Mavzuga oid
13:58 / 06.05.2026
Eron urushi: BAA va Saudiya o‘rtasidagi yashirin ziddiyatlar yuzaga chiqdi
08:50 / 24.04.2026
Tramp: Putin G20 sammitiga kelsa, foydali bo‘ladi
08:55 / 23.04.2026
Politico: Tramp NATO davlatlarini “yaxshi” va “yomon”ga ajratdi
11:45 / 22.04.2026