Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shtaynmayyer AQShdagi saylov natijasi Germaniya kutganidek bo‘lmaganini ta'kidladi
Donald Trampning AQShdagi prezidentlik saylovlaridagi g‘alabasidan keyin Amerika tashqi siyosati haqida oldindan bir narsa deb bo‘lmaydi. GFR TIV rahbari Frank-Valter Shtaynmayyer ana shunday fikrda. Bu haqida TASS nashrida ma'lum qilindi.
"O‘ylashimcha, biz Amerika tashqi siyosati haqida kelajakda oldindan bir narsa deb bo‘lmasligiga tayyor turishimiz kerak, - dedi u. - Shu bilan birga, Amerikaning ko‘proq yolg‘iz qaror qabul qilishga moyil bo‘lishiga ham".
Shtaynmayyer AQSh saylovlari natijasi Germaniya kutganidek bo‘lmaganini ta'kidlab o‘tdi.
"Men AQShdagi saylov oldi poygalarining borishidan tashvishda edim. Natija GFRda aksariyat kutganidan farq qiladi, uni inobatga olmasdan iloji yo‘q. Albatta, biz uni hurmat qilishimiz kerak va shunday qilmoqdamiz ham", - dedi u.
Mavzuga oid
22:16 / 18.06.2026
AQSh vitse-prezidenti Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokadasi ochilganini e’lon qildi
21:12 / 18.06.2026
Neft narxi AQSh va Eron urushi boshlanganidan beri eng past darajaga tushdi
13:35 / 18.06.2026
AQSh-Eron prezidentlari o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi
10:00 / 18.06.2026