Jamiyat | 14:04 / 09.11.2016
19747
2 daqiqa o‘qiladi

Zargar usta ayollar qo‘liga tilla taqinchoqlar o‘rniga oddiy metall tutqazdi

Foto: fenix.ua

Akmal Eshonqulov zargarlik do‘konida usta bo‘lib ishlardi. Bir kuni uning yoniga tanishi Malohat Dadaboyeva keldi va taqinchog‘ini ta'mirlatdi. Shunda Akmalning fikri buzildi. Ayolga eski taqinchoqlarinining o‘rniga, zamonaviy taqinchoqlar yasab berishi mumkinligini aytdi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

Ayol uning so‘zlariga ishondi. O‘zining bir juft tilla sirg‘asini va uzugini Akmalda qoldirdi.

Oradan bir necha kun o‘tib, Akmal mijoziga oddiy sariq metalldan chiroyli qilib yasalgan taqinchoqni tutqazdi. Malohat buni sezmadi. Akmal esa tilla taqinchoqlarni yaxshigina pulga sotib yubordi.

Bir necha oydan keyin Malohat uning oldiga yana keldi va eski tilla uzukni unga tutqazib, zamonaviy taqinchoqqa aylantirib berishini iltimos qildi. Akmal bu safar ham metalldan uzuk yasab, Malohatning qo‘liga tutqazib yubordi.
Malohat bu qing‘irliklarni sezib qoldi. Akmalga uchradi. Lekin u aybini tan olmadi. Jabrlangan ayol huquqni muhofaza qiluvchi organga murojaat etdi.
Akmal ayolga yetkazilgan zararni qoplab berdi. Sud unga nisbatan tegishli jazo tayinladi.
 

Mavzuga oid