Jahon | 00:29 / 10.11.2016
17479
1 daqiqa o‘qiladi
Mo‘sulda jangarilar vahshiyliklarini davom ettirmoqda
IShID jangarilari Iroqning Mo‘suli markazida 30 nafar odamni elektr tok bilan qatl etdi. Bu haqda "As-Sumariya" telekanali xabar bermoqda.
Terrorchilar qurbonlarni hukumat kuchlari bilan hamkorlik qilishda ayblagan.
Mo‘sulni jangarilardan ozod qilish bo‘yicha operatsiya 17 oktabrdan beri davom etmoqda. Unda iroqlik harbiylar, mahalliy qo‘shinlar, "peshmerg" kurd tuzilmasi hamda AQSh boshchiligidagi koalitsiya harbiy samolyotlari ishtirok etmoqda.
Xalqaro migratsiya tashkiloti ma'lumotlariga ko‘ra, operatsiya boshlangandan keyin shaharning 40 mingdan ko‘proq aholisi o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan.
Mavzuga oid
15:21 / 24.09.2019
Murojaat natijasi: Popdagi qishloqda temir-beton simyog‘ochlar o‘rnatilmoqda
00:35 / 10.01.2018
Mo‘sulda qo‘lga olingan IShID jallodi pora evaziga qo‘yib yuborildi – OAV
00:43 / 21.12.2017
Mo‘sulni ozod qilish vaqtida halok bo‘lgan tinch aholining haqiqiy soni ma'lum qilindi
11:11 / 04.09.2017