Iroqning Mösul şahrini IŞID jangarilaridan ozod qiliş uçun keçgan 9 oylik operatsiya davomida 9 mingdan 11 minggaça tinç aholi vakillari halok bölgan. Bu haqda AR axborot agentligi xabar bermoqda.
AR jurnalistlari tomonidan ötkazilgan maxsus tergovda operatsiya vaqtida halok bölgan fuqarolar soni avval taxmin qilinganidan 10 barobar köproqni taşkil qilişi aytilgan.
Bu yangi raqamlarni na AQŞ boşçiligidagi xalqaro koalitsiya, na Iroq hukumati tan olmoqda.
Axborot agentligi ma'lumotlariga köra, Iroq harbiylari va xalqaro koalitsiya 2016 yil oktabridan 2017 yil iyuligaça bölgan davr içida 3,2 ming fuqaroning ölimida aybdordir. Xalqaro koalitsiya esa faqatgina 326 fuqaroning ölimi uçun javobgarlikni öz zimmasiga olgan.
Bundan taşqari, yana 3 mingdan köproq kişi jangarilar harakatlari oqibatida halok bölgan.
“Bu odamlar aynan qanday ölganlarini va IŞID bunda katta rol öynaganini tuşuniş bunga öxşaş hodisa yuz beradigan keyingi marta köplab hayotlarni saqlab qolişga yordam beradi. Tergovni ötkazişga qolganlarning qiziqmasligi juda açinarlidir”, deb aytgan Airwars nohukumat taşkiloti rahbari Kris Vuds.
Tergov davomida BMT, Amnesty International huquq himoyaçilari va boşqa bir qator şunday taşkilotlar hujjatlari tahlil qilingan.
Avvalroq BMTda Mösulni ozod qiliş operatsiyasi davomida kamida 2521 fuqaro halok bölgani ma'lum qilingandi.
Mösul 2014 yil yozidan jangarilarning boş istehkomi bölgan. 2016 yil oktabrda Iroq harbiylari uni ozod qiliş maqsadida hujum boşlaşgan. 2017 yil iyulda esa Iroq boş vaziri terrorçilar Mösulda mağlub etilganini rasman e'lon qilgandi.

















