Omma oldida odamlarni qatl etişda iştirok etgan, IŞIDning “Oq soqol” laqabi bilan ma'lum bölgan jallodi Abu Umar Mösulda qölga olingan, biroq pora evaziga qöyib yuborilgan. Bu haqda mahalliy hukumat vakili Zuhayr Xazzin al-Jobiriy ma'lum qildi. 

Uning aytişiça, jallod Mösuldagi politsiya bölimlaridan biriga yetkazilgan, biroq u yerni 7,5 ming dollar pora berib tark etişga muvaffaq bölgan. 

Al-Jobiriy jallodni qöyib yuborgan politsiyaçilarga qanday çora körilganini ma'lum qilmagan. 

“U hibsga olingandan keyin köçada mototsiklini qoldirgandi. Bir soatdan keyin biz mototsikl yöqligini körganmiz. Biz nima bölganini söraganimizda, uni 7,5 ming dollar pora evaziga 10 daqiqa oldin ozod qilişgani haqida javob olganmiz”, deb eslaydi voqeani Al-Jobiriy.

Abu Umar qölga olingani 2 yanvarda ma'lum bölgan. Öşanda politsiya jallodning joylaşgan örni haqida şahar aholisidan ma'lumot olgani ma'lum qilingan. 5 yanvarda Iroq hukumati aynan “Oq soqol” qölga olinganini rasman tasdiqlagan. 

Umar IŞID tomondan uyuştirilgan bir neçta qatllar videoyozuvida qayd qilingan. Xususan, u 2015 yilgi qatl videoyozuvida şakkoklikda ayblangan uç kişiga çiqarilgan hukmni öqigan. Şundan keyin ayblanuvçilar qatl etilganlar. U, şuningdek, ölim jazosiga mahkum qilinganlar toşböron qilingan rolikda ham köringan.