IŞID terrorçilik guruh tarkibida jang qilgan 1,3 mingga yaqin xorijlik jangari Tall-Afar uçun janglar sönggida Iroq armiyasiga taslim böldi. Bu haqda Shafaq News yangiliklar portali mamlakat xavfsizlik kuçlaridagi manbalarga tayangan holda xabar qilmoqda.
Asir olinganlarning barçasi Mösul şahridan janubdagi Hammom al Alil harbiy lagerida saqlanmoqda. Xabarlarga köra, "taslim bölganlarning aksariyati – afğonlar, çeçenlar, RF va Fransiya, şuningdek, Buyuk Britaniya fuqarolaridir". Manbalarning sözlariga köra, musulmonlarning yirik bayrami Iyd al Adha tugagaç, boşqa joyga ötkazişadi.
Iroq armiyasi 26 avgust kuni Tall-Afarda töliq nazorat örnatgan edi. Yana bir neça kun mobaynida Al Adiya şahri ozod etildi. Şu bilan, aytiş mumkinki, Naynavo viloyati radikallardan xalos etildi.
Jangarilarga qarşi harbiy amaliyotlar qömondonlaridan biri general Abdul Amir Raşid Yaralla Tall-Afardagi harbiy kampaniya çoğida 2 mingdan ortiq jangari yöq qilingani haqida bayonot bergan edi. Öşanda, Shafaq News portalining yodga olişiça, duşman bilan biror kelişuvga erişilgani rad etilgandi.
"Ularning heç biri bizlarning bölinmamizga taslim bölmadi va heç qanday kelişuvga ham erişilgani yöq, - degan edi Iroq armiyasi generali. – Iroq harbiy qismlari sözlaşuvida terrorçilar bilan kelişuv degan ibora qöllanilmaydi".











