Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Messi Braziliyadan uchralgan mag‘lubiyatdan xafa: Biz rasvo vaziyatdamiz
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi JCh-2018 saralashi doirasida Braziliyaga qarshi kechgan va 0:3 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlangan uchrashuvdan keyin fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Biz qulashda davom etmoqdamiz. Lekin mundial yo‘llanmasi uchun imkoniyat saqlab qolganmiz. Bu o‘zimizga bog‘liq. Biz rasvo holatdamiz, lekin kurashni davom ettirishimiz kerak.
Aqlni yig‘ish kerak. Bizda juda yaxshi futbolchilar jamlangan. Lekin boshingda muammo bo‘lsa, oyoqlaring o‘zingga bo‘ysunmay qo‘yadi. Ijobiy narsalar haqida o‘ylashimiz va bu rasvo vaziyatni to‘g‘rilashimiz kerak.
Yanada kuchliroq bo‘lishimiz kerak, biz og‘ir vaziyatdan chiqamiz.
Biz o‘ta jiddiy raqib bilan o‘ynadik. Birinchi golgacha o‘yin teng kechdi. Ammo ikkinchi gol bizga yomon ta'sir qildi. Biz diqqatimizni yo‘qotdik, biz bunda ham yirik hisobdagi mag‘lubiyatga uchrashimiz mumkin edi. Argentina natijalari o‘z qo‘lida, ammo boshqa ochko hadya qilmasligimiz kerak», – degan Messi.
«Umid qilamanki, San-Xuanda (Argentinaning saralash doirasida Kolumbiyaga qarshi o‘yini kechadigan shahar. — «Tribuna.Uz») muxlislar bizni qo‘llab-quvvatlashadi. Aks holda bu bizga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Kordobada (argentinaliklar Paragvayga 0:1 hisobida yutqazgandi. — «Tribuna.Uz») men muxlislar bizga qanday hushtakbozlik qilayotganini eshitdim. Bu bizga yordam bermaydi axir.
Biz bir tanu bir jon bo‘lishimiz kerak. Jamoa safar o‘yinlarida ham o‘zini uydagidek his qila olishi kerak. Odamlar charchadi. Muxlislar shuni tushunishi kerakki, biz bir maqsad yo‘lida birlashsakkina, maqsadga yetamiz. Biz o‘zimiz hammadan ham ko‘proq istaymiz g‘alabalarni. Lekin atrofimizda bizga yomon qarashlarni sezsak, bu o‘yinimizda aks etadi», — deya tan olgan «Barselona» futbolchisi.
«Biz biroz dam olishimiz va bu mag‘lubiyatni unutishimiz kerak. Keyin navbatdagi o‘yinga tayyorlanamiz. Bu o‘yin butunlay boshqacha bo‘ladi. Biz o‘zimizni tonnalab tanqid kutayotganini bilamiz, lekin xotirjamlikni saqlashimiz va mundial chiptasi masalasini hal qilishimiz kerak.
Oldinda yana o‘yinlar bor va biz jahon chempionatidan quruq qolishni xayolimizga ham keltirmayapmiz. G‘alaba qozona boshlasak, poygaga qo‘shilamiz. Faqat yaxshiliklarni o‘ylash kerak va shunda vaziyat o‘z-o‘zidan o‘zgaradi», — deya fikrlarini yakunlagan futbolchi.
11 tur o‘yinlaridan keyin Argentina guruhda 6-o‘rinda qolmoqda. Janubiy Amerika mintaqasida JCh uchun 4 yo‘llanma o‘ynaladi, 5-o‘rin egasi pley-offda Okeaniya mintaqasi g‘olibi bilan bellashadi.
Mavzuga oid
19:13 / 17.05.2026
Dunyodagi eng keksa opa-singillar Braziliyada yashayotgani ma’lum bo‘ldi
21:17 / 12.05.2026
Prezident Braziliya tashqi ishlar vaziri bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi
08:14 / 12.05.2026
Dunyoda eng ko‘p qahva qaysi davlatda yetishtiriladi?
18:23 / 27.04.2026