Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peskov Moskvaning Tramp shtabi bilan aloqalarini ma'lum qildi
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Associated Press agentligiga bergan intervyusida bayonot berishicha, rasmiy Moskva AQShdagi prezidentlik poygasida Hillari Klinton va Donald Tramp shtablari bilan aloqada bo‘lib turgan.
Peskov bu kabi aloqalarni «tabiiy, me'yordagidek», deb baholagan.
«Bizning ekspertlar va AQSh hamda xalqaro ishlar bo‘yicha mutaxassislarimiz... Ular albatta, doimo bu yerdagi o‘z hamkasblari, xususan janob Tramp guruhidagilar bilan ham aloqada bo‘lib turadi», — degan Peskov. Uning so‘zlariga ko‘ra, rossiyalik mutaxassislar Hillari Klinton shtabidagilar bilan ham aloqada bo‘lishgan.
Ammo, yangi saylangan prezident Donald Trampning matbuot kotibi Xoup Xiks agentlik bilan suhbatda bu iddaolarni rad etgan bu kabi aloqalar mavjud emasligini qayd etgan.
«Bu kabi aloqalar hech qachon bo‘lmagan. Saylovoldi kampaniyasi bilan bironta xorijiy tuzilma o‘rtasida bunday muloqot bo‘lmagan», — degan Xiks xonim.
Mavzuga oid
20:34 / 07.07.2026
XOQ rossiyalik sportchilardan barcha cheklovlarni olib tashlashni tavsiya qildi
09:14 / 07.07.2026
Tramp: Ukrainada tinchlik ko‘pchilik o‘ylagandan ham yaqin
23:13 / 06.07.2026
Putin Ukraina bilan urushni tugatmoqchi – Tramp
21:57 / 06.07.2026