Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peskov: Putin va Trampning ustuvor masalalar bo‘yicha fikrlari fenomenal o‘xshash
Foto: Vladimir VeLeNGURIN
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putin va AQShning yangi prezidenti etib saylangan Donald Trampning siyosiy yondashuvlar borasidagi fikrlari juda o‘xshashdir, deb aytdi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Peskov Putinning Valday forumidagi nutqi va Trampning AQShdagi saylovlar natijalari e'lon qilingandan keyingi nutqini solishtirib, shunday fikrga kelgan.
"Tramp unga asosiysi AQSh manfaatlari ekanligini va u istalgan davlat bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘yishini aytdi. Putin ham xuddi shunday degan va albatta Rossiya manfaatlari haqida gapirgan. Ular tashqi siyosatdagi yondashuvlarida fenomenal darajada yaqindirlar va bu ikki tomonlama munosabatlarda ziddiyatlar bartaraf etilishi borasida optimizm uchun yaxshi asosdir", deb aytdi Peskov.
Biroq Peskovning aytishicha, AQSh va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarda qisqa muddatlarda sezilarli yaxshilanishlar yuz bermasligi mumkin.
"Munosabatlarni yuqori darajaga qisqa muddatda olib chiqishga umid qilish dargumon", deb ta'kidlab o‘tdi Peskov.
Mavzuga oid
07:18
Shavkat Mirziyoyev Moskvada Vladimir Putin bilan uchrashdi
16:56 / 01.05.2026
Urush odatga aylandi. Dunyo otalar uyiga tobutda qaytayotganiga o‘rganib qoldi
15:03 / 30.04.2026
Tramp Putin bilan gaplashdi
23:04 / 27.04.2026