Jahon | 17:10 / 11.11.2016
7773
1 daqiqa o‘qiladi

Portlendda Trampga qarshi aksiyadan so‘ng ommaviy tartibsizliklar boshlandi

AQShning Oregon shtatida joylashgan Portlend shahrida Donald Tramp mamlakat prezidenti bo‘lgach, namoyishlar soni keskin ortdi. Bu haqda shahar politsiyasining tvitterida ma'lum qilingan.

«Namoyishchilar toshlar bilan qurollanishmoqda. Politsiya to‘plangan odamlarga bu noqonuniy harakat ekanligi haqida ma'lum qilmoqda», — deyiladi xabarda.

Portlend politsiyasi, shuningdek, to‘plangan odamlarni tarqash kerakligi va boshqalarni tartibsizliklar bo‘layotgan tumandan uzoqda bo‘lishlari haqida ogohlantirgan. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid