Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Die Welt: IShID jangarilarni Yevropaga tushish uchun qochqinlardek ko‘rinishga o‘rgatmoqda
Germaniya federal razvedka xizmati IShID jangarilari umumiy muhojirlar oqimida Yevropaga tushishi va keyinchalik teraktlar uyushtirishi maqsadida qochqinlardek ko‘rinish uchun maxsus o‘rgatilishlarining borgan sari ko‘proq isbotiga ega bo‘lmoqda. Bu haqda Die Welt nashri xabar bermoqda.
Xizmat ma'lumotlariga ko‘ra, IShID o‘z jangarilarini politsiyada so‘roq vaqtida qochqinlardan farqlab bo‘lmaydigan ko‘rinishda bo‘lishga o‘rgatmoqda. Shuningdek, jangarilar boshpana berilishi uchun ariza berishda o‘zlarini to‘g‘ri tutishga o‘rgatilmoqda.
Nashrning ta'kidlashicha, razvedka Parijda 2015 yil 13 noyabrda terakt uyushtirgan 9 terrorchi ham Yevropaga aynan qochqin ko‘rinishida kelgani aniqlagan. Xizmatning dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, terakt tashkilotchilaridan biri Yevropani tark etishga muvaffaq bo‘lgan va hozirda Suriyada yuribdi.
Nashrning ma'lum qilishicha, terrorchilarning qochqinlar sifatida kelishi xavfi hali ham yuqori qolmoqda. Biroq razvedka matbuot xizmatida nashr olgan ma'lumotlarga izoh berishdan bosh tortildi.
Bir yil avval 2015 yil 13 noyabrda Parijning "Bataklan" konsert zalida tomoshaga yig‘ilgan odamlar terrorchilar hujumiga uchragandi.
Mavzuga oid
08:17
Yevropada so‘nggi o‘n yilliklardagi eng yirik infratuzilma loyihalaridan biri boshlandi
09:15 / 15.06.2026
Yevropa yetakchilari AQSh–Eron kelishuvini olqishladi
08:18 / 15.06.2026
Yevropa aholisi qaysi mamlakatlarda o‘zini xavfsiz his qiladi?
10:15 / 13.06.2026