Jahon | 15:39 / 13.11.2016
22974
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiyada favqulodda holat uzaytiriladi

Fransiyada bir yildan beri davom etayotgan favqulodda holat 2017 yil bahorida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovigacha uzaytiriladi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Manuel Vals VVS uchun bergan intervyusida ma'lum qilgan.

Intervyu davomida vazir «Nitstsada bo‘lgani kabi hujumlar takrorlanishi mumkinligi» haqida gapirgan.

Mamlakatdagi favqulodda holat tartibi 2015 yil, 13 noyabrdagi Parijdagi teraktlardan so‘ng uch oy muddatga joriy etilgandi. Biroq rasmiylar terrorchilik xavfi yuqori bo‘lgani sababli mazkur tartibni bir necha bor uzaytirdi. Nitstsada yuz bergan navbatdagi teraktdan so‘ng esa favqulodda holat biryo‘la olti oy — 2017 yil yanvarining oxirigacha uzaytirilgandi.

Ma'lumot uchun, Fransiyada prezidentlik saylovi kelgusi yil aprelida bo‘lib o‘tadi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid