Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi Zelandiyada pingvinlar uchun yerosti yo‘lagi qurildi
Yangi Zelandiyaning Oamaru shahrida pingvinlar uchun yerosti yo‘lagi qurildi. Bu haqda Seeker nashri xabar bermoqda.
Har tong kichik pingvinlar okean qirg‘oqlariga yo‘l olishadi va kunni o‘sha yerda o‘tkazishadi. Kech tushgach esa, o‘z inlariga qaytishadi.
Yerosti yo‘lagi jonivorlar qaytayotgan payt ularning avtomobil g‘ildiraklari ostida qolib, halok bo‘lishlari xavfini kamaytiradi. Bundan tashqari, yo‘lak ularni bezovta qiluvchi sayyohlardan qutilishga yordam beradi.
Ma'lumot uchun, kichik pingvinlar Yangi Zelandiya va Avstraliyada yashashadi. Ularning bo‘yi 30-40 santimetrni tashkil etadi.
Mavzuga oid
19:53 / 08.02.2026
Xitoyning Xarbin shahrida pingvinlar paradi o‘tkazildi
14:57 / 04.12.2025
Yangi zelandiyalik shaxs g‘ayrioddiy o‘g‘irlikda ayblanmoqda: u qimmatbaho taqinchoqni yutib yuborgan
18:13 / 11.10.2025
Yangi Zelandiya fuqarosi dunyodagi eng uzun ism sohibi sifatida rekord o‘rnatdi
23:46 / 22.09.2025