Jahon | 19:53 / 08.02.2026
3096
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyning Xarbin shahrida pingvinlar paradi o‘tkazildi

Kostyum kiygan va bo‘yinbog‘ taqqan pingvinlar park xodimlari hamrohligida tomoshabinlar yonidan o‘tishdi.

Foto: AP

Xitoyning Xarbin shahrida bo‘lib o‘tayotgan Harbin Polarland tematik parki festivalida pingvinlar paradi o‘tkazildi.

Ushbu parad Harbin Polarland parkida har yili bo‘lib o‘tadi. Kostyum kiygan va bo‘yinbog‘ taqqan pingvinlar park xodimlari hamrohligida tomoshabinlar yonidan o‘tishdi.

Harbin Polarland — dunyodagi birinchi qutb jonivorlari va arktik manzaralar parki hisoblanadi.

Bundan tashqari, Xarbinda muz va qor festivali ham o‘tkaziladi. Festivalda qor va muzdan ulkan inshootlar bunyod etiladi. O‘tgan yil dekabrda balandligi qariyb 8 qavatli bino bilan teng qorbobo haykali festivalning tashrif qog‘oziga aylangandi.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid