Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bloomberg: Turkiyada fitnachilarga tegishli aktivlar sotilmoqda
2016 yil 15 iyulda Turkiyada sodir bo‘lgan davlat to‘ntaruviga urinishdan keyin to‘ntaruvga aloqadorlikda gumon qilinganlardan 10 mlrd dollarlik aktiv musodara qilindi. Bu mablag‘larning yangi egalari Erdo‘g‘an tuzumini qo‘llab-quvvatlovchi tadbirkorlar bo‘lishi mumkin, deb xabar bermoqda Bloomberg axborot agentligi.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, to‘ntaruvga urinish Turkiya bo‘ylab umumiy qiymati 10 mlrd dollarga baholangan deyarli 600 kompaniya rahbariyatining o‘zgarishiga sabab bo‘ldi. Hukumatning fikricha, bu aksiyalar to‘ntaruvni tashkillashtirishda va muxolif Fathulla Gulen bilan aloqadorlikda gumon qilingan shaxslarga tegishli bo‘lgan.
Ta'kidlanishicha, aksiyalar depozitlarni sug‘urtalash jamg‘armasiga topshirilgan, ular bilan kelgusida nima bo‘lishi tergov natijalariga bog‘liq bo‘ladi.
Axborot agentligining ma'lum qilishicha, bu aktivlar Erdo‘g‘an tuzumini qo‘llab-quvvatlovchi tadbirkorlarga berilishi mumkin. Ulardan birining egasi Metro Holding kompaniyasi egasi Golib O‘ztyurk bo‘lishi mumkin. Axborot agentligining fikricha, O‘ztyurk qo‘lga olingan kompaniyalardan eng yirigi bo‘lgan Koza İpek’ni sotib olishga da'vogarlardan biri bo‘lishi mumkin. O‘ztyurk bu kompaniyaning aktivlarini sotib olishga qiziqish bildirgan.
Mavzuga oid
22:23 / 08.06.2026
Harbiy tibbiyot sohasida Turkiya bilan hamkorlik rivojlantiriladi
13:14 / 07.06.2026
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
16:20 / 26.05.2026
O‘lim to‘shagida ochilgan sir: turk tadbirkorining Shveytsariya bankiga qarshi moliyaviy urushi
13:52 / 26.05.2026