19:53 / 14.11.2016
4580

Yevropa Ittifoqi Suriyaning 17 nafar vazirini sanksiya ro‘yxatiga kiritdi

Foto: Reuters

Yevropa Ittifoqi kengashi Suriyaning 17 nafar vaziri hamda mamlakat Markaziy banki rahbarini sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqda tashkilot saytida ma'lum qilingan

Ma'lum qilinishicha, ro‘yxatga kiritilgan amaldorlar YeI me'yorlari bo‘yicha Suriya rejimiga qarshi bo‘lganlar sirasiga kiradi. Sanktsiyalar Suriyada tinch aholiga qarshi zo‘ravonlik harakatlari uchun, mamlakat prezidenti Bashar Asad rejimidan foyda oladigan va unga yordam beradiganlarga nisbatan qo‘llanilgan.

Endilikda sanksiyaga nomi kiritilgan suriyalik amaldorlarning jami hisobi 234 kishiga yetgan.

Mavzuga oid
Top