Bu ikki korxona Rossiya harbiy sanoati uçun paxta sellyulozasi yetkazib berganlikda gumon qilingan.
Sanksiya izohida keltirilişiça, Farğona Kimyo Zavodi – Perm va Qozondagi porox zavodlarini, Raw Materials Cellulose esa Tambovdagi porox zavodini xomaşyo bilan ta’minlagan.
Bu korxonalarga Yevropa Ittifoqi sub’yektlari tomonidan mablağ va iqtisodiy resurslar ajratiş taqiqlangan. YeI yurisdiksiyasida aktivlari bölgan taqdirda, ular muzlatiladi.
Uşbu ikki korxona, şuningdek, “Mercury Renaissance” MÇJga ötgan yili Ukraina ham sanksiya qöllagan edi.
Farğona kimyo zavodi – 2012 yilda taşkil etilgan. Ta’sisçisi – Mercury Renaissance. Bu korxonaga 2023 yilda Rustam Rahimjonoviç Möminov (60%) va Gluxov Mixail Aleksandroviç (40%) egalik qilgan, keyinroq Gluxovning uluşi Şahriyor Saxiyoroviç Tojiyevga, Möminovning uluşi esa Olga Yurevna Şagiyevaga ötgan.
Şahriyor Tojiyev 2022 yilda tugatilgan Qwerty Up'da uluşdor bölgan. Olga Şagiyeva esa Aloqainvest, Breegs, Atrium Tashkent, Geo Profi Mombasa Finance, Aloqa Klimkontrol, Visata Group, Fortress Invest, Pod Klyuch, Professional Legion va boşqa firmalarda ham uluşlarga ega.
Raw Materials Cellulose – 2017 yilda Jizzax şahrida röyxatga olingan. 2024 yil yanvar holatiga, korxona yagona ta’sisçi Larisa Mixaylovna Utkina egaligida bölgan. Keyinroq uning uluşi 76 foizgaça qisqarib, Larisa Rahimjonova Bikova 24 foizlik uluşdorga aylangan. Bugungi kunda ta’sisçilar tarkibi quyidagiça: Larisa Rahimjonovna Bikova (25,1%), Bobur Lutfullayeviç Qobulniyozov (24,97%), Azamjon Nurillayeviç Valixonov (24,97%), Ma’murjon Mahmudjon öğli Alimov (24,96%).












