O‘zbekiston | 09:58 / 15.11.2016
12817
1 daqiqa o‘qiladi

Anons: 15 noyabr kuni qaysi nomzod qaysi viloyatda bo‘ladi?

Foto: Kun.uz

O‘zbekiston prezidenti saylovida nomzodlar 15 noyabr kuni saylovoldi kampaniyasi doirasida mamlakatning turli viloyatlarida saylovchilar bilan uchrashadi. Bu ma'lumotlar «Gazeta.uz» sayti tomonidan keltirilgan.

Quyida bugun qaysi nomzod qaysi viloyatda bo‘lishi keltirib o‘tilgan.

Sarvar Otamuratov, O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi nomzodi, Qashqadaryo viloyatida saylovchilar bilan uchrashuv (Uchrashuv ishtirokchilari marosimdan bir kun oldin ro‘yxatga olingan).

Shavkat Mirziyoyev, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi nomzodi, Surxondaryo viloyatida saylovchilar bilan uchrashadi.

Xatamjon Ketmonov, O‘zbekiston Xalq-demokratik partiyasi nomzodi. Navoiy viloyatida saylovchilar bilan uchrashadi. Uchrashuv Karmana tumanida bo‘lib o‘tadi.

Nariman Umarov, «Adolat» sotsial-demokratik partiyasidan nomzodi, Jizzax viloyatidagi saylovchilar bilan uchrashuv.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid