Rossiya Federatsiyasi MSK payşanba kuni prezidentlikka nomzodlarni röyxatga oliş jarayonini nihoyasiga yetkazdi. Uning yakunlariga köra, davlatning oliy lavozimi uçun sakkiz kişi — bir nafar mustaqil nomzod va partiyalardan yetti nomzod kuraş olib boradi, deb yozadi TASS.
Saylov byulletenida nomzodlar alifbo tartibida joylaşişadi. Şunday qilib, 18 mart kungi saylovlarda byulleten quyidagi körinişda böladi:
- Baburin Sergey Nikolayeviç («Rossiya umumxalq ittifoqi»),
- Grudinin Pavel Nikolayeviç (RFKP),
- Jirinovskiy Vladimir Volfoviç (RLDP),
- Putin Vladimir Vladimiroviç (mustaqil nomzod),
- Sobçak Kseniya Anatolevna («Fuqarolik taşabbusi»),
- Suraykin Maksim Aleksandroviç («Rossiya kommunistlari»),
- Titov Boris Yureviç (Ravnaq partiyasi),
- Yavlinskiy Grigoriy Alekseyeviç («Yabloko»).
Öz nomzodini mustaqil ilgari suruvçilar va parlament a'zosi bölmagan partiyalardan nomzodlar uçun saylovçilar imzosini töplaş majburiy şartlardan biri edi. Öz nomzodini mustaqil ilgari suruvçi nomzod (bu — Putin) 31 yanvargaça kamida 300 ming, lekin 315 mingdan ortiq bölmagan imzo, partiyalardan nomzodlar esa kamida 100 ming, lekin 105 mingdan ortiq bölmagan imzoni MSKga topşirişlari şart edi.

Parlament partiyalaridan nomzodi ilgari surilganlar imzo töplaşdan ozod etilgandi, şu sababli RLDPdan Vladimir Jirinovskiy va RFKPdan Pavel Grudinin qayddan ötiş jarayonini birinçi bölib tugallab olişgandi.
Öz nomzodini ilgari surişni istagan 16 nomzoddan faqat 6 nafari MSKga töplangan imzolarni taqdim etişdi va ularning barçasi tösiqsiz qayd olinişdi. Ular topşirgan imzolarning birortasida ruxsat etilgan 5 foizlik brakdan ortiq buziliş topilmadi.












